Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi – respublikamiz va xalqaro miqyosdagi yetakchi OTMlar, ilmiy tadqiqot markazlarning mutaxassilari bilan filologik muammolar yechimiga doir ilmiy izlanishlar doirasida o‘zaro tajriba almashishdan iborat. Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon hamda O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan filolog mutaxassislar va yosh izlanuvchilarning yangi natijalarini muhokama etish, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar yaratish, respublikamizdagi ta’lim muassasalarida mavjud filologik muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha xulosa hamda takliflar ishlab chiqish, yetakchi xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash – ushbu konferensiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.





