Konferensiya haqida
2025-yil 17-oktabr kuni “Yangi Oʻzbekistonda filologik taʼlimning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari mutaxassislari bilan filologik muammolar yechimiga doir ilmiy izlanishlar doirasida tajriba almashishdan iborat. Shuningdek, tilshunoslik, til ta’limi, adabiyotshunoslik va adabiy-tahlil muammolarini chuqur tahlil qilish, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ham konferensiyaning muhim jihatlaridan biri sanaladi. Tadbirda Oʻzbekiston bilan bir qatorda Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Ozarbayjon kabi davlatlardan ham filolog olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.